MANIFEST GIPERTIREOZ VA SHIZOFRENIYA KOMORBIDLIGIDA AFFEKTIV BUZILISHLARNING KLINIK-PSIXOPATOLOGIK NAMOYON BOʻLISHI

Mualliflar

  • Jo‘rayeva Sadoqat Bebitovna ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: shizofreniya, manifest gipertireoz, Graves kasalligi, affektiv buzilishlar, depressiya, xavotir, gipomaniya, PANSS, HARS, HDRS, YMRS, neyroendokrin mexanizmlar, komorbidlik.

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda shizofreniya va manifest gipertireoz komorbidligi mavjud bemorlarda affektiv buzilishlarning klinik-psixopatologik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot RIRSIATM Toshkent shahar filialida davolanayotgan 64 nafar shizofreniya (F20) tashxisli bemorlar ishtirokida o‘tkazildi va ular asosiy (n=32) hamda nazorat (n=32) guruhlarga ajratildi. Asosiy guruhda Graves kasalligi fonida rivojlangan manifest gipertireoz bilan kechuvchi shizofreniya kuzatildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, asosiy guruhda depressiv, xavotirli va gipomaniakal simptomlar nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan sezilarli darajada yuqori aniqlandi (p<0,05). HARS (22,4±6,4), HDRS (18,1±5,7) va YMRS (11,2±4,8) shkalalari affektiv buzilishlarning yaqqol ifodalanganligini ko‘rsatdi. PANSS umumiy va pozitiv simptomlar ko‘rsatkichlari ham asosiy guruhda yuqoriroq bo‘lib, affektiv simptomlar bilan o‘zaro ijobiy korrelyatsiya aniqlangan (r=0,40–0,52; p<0,05). Shuningdek, erkin T4 darajasi va xavotir hamda maniform simptomlar o‘rtasida statistik ahamiyatli bog‘liqlik kuzatildi. Olingan natijalar shizofreniya va manifest gipertireoz komorbidligi affektiv buzilishlarning kuchayishi, psixotik simptomlar og‘irligining ortishi hamda neyroendokrin disbalans bilan kechishini ko‘rsatadi. Bu holat psixiatrik bemorlarni kompleks klinik va endokrin baholash hamda individual davolash strategiyalarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydi.

##submissions.published##

2026-09-08