KO'P YARUSLI MINI-ISSIQXONANI AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARINI QIYOSIY TAHLILI VA TADQIQOT VAZIFALARINING ASOSLANISHI
##semicolon##
ko'p yarusli mini-issiqxona, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, o'lchov kanali, sig'imli namlik datchigi, tarirlash, mikrokontroller, ikki bosqichli arxitektura, PWM, MQTT, texnik talablar, hal etilmagan masalalarAnnotatsiya
Maqolada ko'p yarusli kichik hajmli mini-issiqxonani avtomatlashtirishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan texnik vositalar — o'lchov kanallari, hisoblash platformalari, ijro etuvchi qurilmalar va aloqa kanallari — yagona mezonlar tizimi bo'yicha qiyosiy tahlil qilingan hamda shu asosda tadqiqotning hal etilmagan masalalari va vazifalari shakllantirilgan. Tadqiqotning maqsadi — kichik hajmli qurilma sharoiti uchun element bazasini tanlashning miqdoriy asoslangan mezonlarini ishlab chiqish va boshqaruv tizimiga qo'yiladigan texnik talablarni rasmiylashtirishdan iborat. Usul sifatida to'rt sinf boshqaruv vositasini o'lchov diapazoni, talab etilgan aniqlik, o'lchov nuqtalari soni, iste'mol quvvati, tarmoq imkoniyati va kichik hajmli qurilmaga mosligi bo'yicha tizimli qiyoslash qabul qilindi; aniqlik talablari boshqaruv chegarasi kengligining 10 % i qoidasidan keltirib chiqarildi. Natijada qurilma uchun sakkizta o'lchov kanali aniqlanib, uch yarusli qurilma uchun jami 15…18 ta o'lchov nuqtasi zarurligi hisoblab chiqildi. Substrat namligini o'lchashning beshta usuli qiyoslanib, narx va ishonchlilik nisbatidan kelib chiqib sig'imli (FDR) datchiklar tanlandi va ular uchun gravimetrik tarirlash majburiyligi asoslandi. To'rtta hisoblash platformasi qiyoslanib, ikki bosqichli arxitektura — quyi darajada 32-razryadli mikrokontroller (0,5…1,5 Vt), yuqori darajada bir platali kompyuter (3…7 Vt) — maqbul deb topildi; sanoat kontrolleri (5…15 Vt) kichik hajmli qurilma uchun iqtisodiy jihatdan asoslanmaganligi ko'rsatildi. Ventilyator quvvatining havo sarfiga kubik bog'liqligi asosida sarfni 20 % ga kamaytirish quvvatni taxminan 50 % ga kamaytirishi hisoblandi. Aloqa kanallari qiyoslanib, Wi-Fi va MQTT protokoli tanlandi. Sakkizta hal etilmagan masala aniqlanib, ularning har biri uchun hal qilish yo'li belgilandi va tadqiqotning maqsadi hamda beshta vazifasi asoslandi.