TIBBIYOTDAGI ENG SO‘NGGI INNOVATSION YANGILIKLAR VA ULARNING KLINIK AMALIYOTDAGI AHAMIYATI

Authors

  • Xudayberganova Sevar Azimovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: CRISPR gen tahrirlash, CAR-T terapiyasi, Ksenotransplantatsiya, GLP-1 preparatlari, Raqamli tibbiyot, Sun’iy intellekt (AI), Robot-jarrohlik, Regenerativ tibbiyot.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada 2025–2026-yillarda jahon tibbiyotida yuz bergan eng so‘nggi fundamental va texnologik inqiloblar taxlil qilinadi. Xususan, CRISPR gen tahrirlash texnologiyasining shaxsiylashtirilgan tibbiyotdagi o‘rni, onkologiya va immunologiyada CAR-T xujayralari terapiyasi, transkontinental robotlashtirilgan jarrohlik, ksenotransplantatsiya sohasidagi yutuqlar hamda farmakologiyadagi yangi avlod GLP-1 receptor agonistlarining metabolik va kardiologik samaradorligi yoritilgan. Maqolada ushbu innovatsiyalarning kasalliklarni barvaqt tashxislash va davolash sifatini oshirishdagi o‘rni dalillarga asoslangan tibbiyot prizmasi orqali ko‘rsatib berilgan.

Published

2026-09-20