KAMERAL SOLIQ TEKSHIRUVINI TASHKIL ETISH VA AMALGA OSHIRISH TARTIBI HAMDA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI

Authors

  • Shohsanam Rahimberdiyeva Oʻtkirbek qizi Author

Abstract

Soliq tushumlarining barqarorligi davlat budjeti vazifalarini bajarish uchun zarur. Shu bilan birga, soliq nazorati tadbirkorlik faoliyatiga ortiqcha to‘siq yaratmasligi lozim. Kameral soliq tekshiruvi ushbu ikki vazifani uyg‘unlashtirish imkonini beradi: soliq organi taqdim etilgan hisobotlar va o‘zida mavjud boshqa ma’lumotlarni tahlil qilib, hisob-kitoblardagi ehtimoliy xatolarni aniqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan tartib kameral tekshiruvning huquqiy asosini belgilaydi.

Published

2026-09-24