GIPERTONIYA KASALLIGI: SABABLARI, RIVOJLANISH MEXANIZMLARI, BELGILARI VA OLDINI OLISH CHORALARI

Mualliflar

  • Haqnazarova Dilorom To‘rayevna ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: gipertoniya, arterial qon bosimi, yurak-qon tomir tizimi, qon tomirlari, xavf omillari, profilaktika, sog‘lom turmush tarzi, davolash.

Annotatsiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada gipertoniya kasalligining kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, asosiy klinik belgilari hamda inson organizmiga ta’siri yoritilgan. Arterial qon bosimining uzoq vaqt davomida yuqori bo‘lishi yurak-qon tomir tizimi, miya va buyraklar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi tahlil qilingan. Shuningdek, gipertoniyaning rivojlanishida ortiqcha tana vazni, kamharakatlilik, noto‘g‘ri ovqatlanish, tuz iste’molining ko‘pligi, stress va boshqa xavf omillarining o‘rni ko‘rib chiqilgan. Maqolada arterial qon bosimini muntazam nazorat qilish, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechish va shifokor tavsiyalariga rioya qilish gipertoniyaning oldini olish hamda asoratlarini kamaytirishning muhim yo‘nalishlari sifatida asoslangan.

##submissions.published##

2026-10-07