SHAHAR TRANSPORT INFRATUZILMASIDA AVTOBUS SAROYLARINI JOYLASHTIRISHNING SHAHARSOZLIK ASOSLARI.

Mualliflar

  • Shodiqulova Sitora Azamat qizi ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: shaharsozlik, avtobus saroyi, transport infratuzilmasi, hududiy rejalashtirish, jamoat transporti, funksional rayonlashtirish, transport oqimi, ekologik xavfsizlik, shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘i.

Annotatsiya

Annotatsiya.Mazkur maqolada O‘zbekiston shaharlari transport infratuzilmasida avtobus saroylarini joylashtirishning shaharsozlik asoslari, hududiy rejalashtirish omillari va funksional tashkil etish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shaharlarda jamoat transporti xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, shahar hududlarining kengayishi hamda transport oqimlarining murakkablashuvi avtobus saroylarini oqilona joylashtirish masalasini dolzarb etmoqda. Tadqiqotda avtobus saroylarining shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘i, turar joy va ishlab chiqarish hududlari, muhandislik infratuzilmasi hamda ekologik muhit bilan o‘zaro aloqalari tahlil qilinadi. Tadqiqot metodologiyasi normativ hujjatlarni o‘rganish, tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil va shaharsozlik omillarini guruhlash usullariga asoslanadi. Natijada avtobus saroylarini joylashtirishda transport qulayligi, hududning funksional mosligi, ekologik xavfsizlik, yer resurslaridan samarali foydalanish va istiqboldagi shahar rivojlanishini birgalikda hisobga olish zarurligi asoslanadi. Shuningdek, avtobus saroylarini tanlash va joylashtirish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi.

##submissions.published##

2026-10-13