HINDIY TILI QAVM-QARINDOSHLIK ATAMALARINING ETNOLINGVISTIK VA GENDER XUSUSIYATLARI

Mualliflar

  • Abdullayeva Zebunniso Toxirbek qizi ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: hindiy tili, qavm-qarindoshlik atamalari, etnolingvistika, gender tengsizlik, patriarxal tizim, lingvomadaniyatshunoslik, leksik semantika, tabu, evfemizm.

Annotatsiya

         Ushbu tadqiqotda zamonaviy hindiy tili qavm-qarindoshlik terminologiyasining etnolingvistik tabiati hamda unda gender omilining ifodalanish qonuniyatlari tahlil qilinadi. Qavm-qarindoshlik atamalari shunchaki biologik munosabatlarni aks ettiruvchi vosita bo‘lib qolmay, balki hind jamiyatidagi an’anaviy ijtimoiy-madaniy tabaqalanish, patriarxal qarashlar hamda diniy-falsafiy qadriyatlar tizimining lisoniy in’ikosi hisoblanadi. Maqolada ota urug‘i va ona urug‘i o‘rtasidagi nomutanosiblik, ayol kishining oilaviy maqomi o‘zgarishi bilan bog‘liq leksik qatlamlar, evfemistik hamda tabu birliklar, shuningdek, hurmat kategoriyasining lisoniy ko‘rsatkichlari lingvomadaniy va komponent tahlil usullari vositasida yoritilgan. Tadqiqot xulosalari hind-oriy tillarida leksik semantika va jamiyat tuzilishi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aniqlashga xizmat qiladi.

##submissions.published##

2026-10-13