UNIVERSITETLARDA ILMIY-TADQIQOTLARNI BOSHQARISH MODELI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: universitet, ilmiy-tadqiqot, ilmiy faoliyat, oliy ta’lim, ilmiy salohiyat, innovatsiya, yosh tadqiqotchilar, ilmiy rahbarlik, ilmiy hamkorlik, tadqiqot natijalari.Аннотация
Annotatsiya. Mazkur maqolada universitetlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish va boshqarishning muhim jihatlari yoritilgan. Oliy ta’lim muassasalarida ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar integratsiyasini ta’minlash, talaba-yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda ularning ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatida professor-o‘qituvchilarning o‘rni, tajribali mutaxassislarning yosh tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilishi, zarur axborot resurslari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada universitet rahbariyatining ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, tadqiqotchilar mehnatini rag‘batlantirish va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishdagi mas’uliyati ham ochib berilgan. Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalarining korxonalar, tashkilotlar va boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorligini rivojlantirishning ahamiyati asoslangan. Ilmiy izlanishlar uchun qulay muhit yaratish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va tadqiqot natijalarining jamiyat rivojiga xizmat qilishini ta’minlash universitetlarda ilmiy-tadqiqotlarni boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida talqin etilgan.