QUYOSH ENERGIYASI QURILMALARINING ISSIQLIK-TEXNIK PARAMETRLARINI MONITORING QILISH UCHUN KO‘P KANALLI AXBOROT OLISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH VA KALMAN FILTRI ASOSIDA O‘LCHASH NOANIQLIGINI KAMAYTIRISH

Mualliflar

  • Ruziyeva Gulchiroy ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: axborot olish tizimi, Pt100, analog-raqamli o‘zgartirgich, diskretlash, Kalman filtri, o‘lchash noaniqligi, quyosh kollektori, IoT monitoring.##common.commaListSeparator## Keywords: data acquisition system, Pt100, ADC, sampling, Kalman filter, measurement uncertainty, solar collector.

Annotatsiya

Annotatsiya. Maqolada quyosh issiqlik kollektorining kirish va chiqish haroratlarini, kollektor tekisligidagi quyosh nurlanishini va issiqlik tashuvchi sarfini o‘lchaydigan ko‘p kanalli axborot olish tizimining tuzilmasi taklif etilgan. Pt100 termorezistiv datchiklar kanalini raqamlashtirish, diskretlash va raqamli filtrlash bosqichlari matematik modellar asosida asoslab berilgan. Ikki holatli Kalman filtri harorat farqini o‘lchashdagi o‘rtacha kvadratik xatoni 0,141 K dan 0,045 K gacha, ya’ni 68 % ga kamaytirishi hisoblash tajribasida ko‘rsatilgan. Natijada kollektor foydali ish koeffitsiyentining oniy qiymatlaridagi xato 1,61 foiz punktdan 0,51 foiz punktgacha kamaygan. Taklif etilgan yondashuv quyosh qurilmalarini real vaqtda kuzatish tizimlarining metrologik ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

Abstract. The paper proposes a multichannel data acquisition system for monitoring the inlet and outlet temperatures, in-plane irradiance and mass flow rate of a solar thermal collector. A two-state Kalman filter reduces the root-mean-square error of the measured temperature difference from 0.141 K to 0.045 K in a computational experiment, lowering the error of instantaneous collector efficiency from 1.61 to 0.51 percentage points.

##submissions.published##

2026-10-13