AL-ARABIYA VA AL-JAZIRA TELETARMOQLARIDA ABDULFATTOH AS-SISI DAVRIDA MISR TASHQI SIYOSATINING YORITILISHI

Mualliflar

  • Alimxodjayeva Go‘zal Baxodirovna ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: Abdulfattoh as-Sisi, Misr tashqi siyosati, media framing, “Al-Arabiya”, “Al-Jazira”, geosiyosiy raqobat, ko‘p vektorli diplomatiya.

Annotatsiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisining 2014-2024-yillar davomida olib borgan tashqi siyosatining “Al-Arabiya” (Saudiya Arabistoni) va “Al-Jazira” (Qatar) teletarmoqlarida yoritilishi qiyosiy tahlil qilinadi. Robert Entmanning “media framing” nazariyasi asosida olib borilgan tadqiqot natijasida ikki telekanalning ayni bir voqeani turli ramkalar orqali talqin etishida keskin farqlar mavjudligi aniqlandi. “Al-Arabiya” Abdulfattoh as-Sisi tashqi siyosatini ijobiy va strategik muvaffaqiyat sifatida baholagan bo‘lsa, “Al-Jazira” uni tanqidiy nuqtai nazardan, moliyaviy-siyosiy qaramlik ramkasida yoritgan. Ushbu farqlar Saudiya Arabistoni va Qatar o‘rtasidagi mintaqaviy raqobatni aks ettiradi.

##submissions.published##

2026-10-13