AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARNI IDENTIFIKATSIYALASH VA BOSHQARISH JARAYONLARINI SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA MODELLASHTIRISH

Mualliflar

  • Mo’ydinov Dostonbek Mirkomil o’g’li ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, identifikatsiya, avtomatlashtirilgan tizim, neyron tarmoq, ARX, prognozlovchi boshqaruv, PID rostlagich, modellashtirish.##common.commaListSeparator## Keywords: artificial intelligence, system identification, automated system, neural network, ARX, model predictive control, PID controller, modelling.

Annotatsiya

Maqolada avtomatlashtirilgan tizimlarni identifikatsiyalash va boshqarish jarayonlarini sun’iy intellekt vositalari yordamida modellashtirishning uslubiy asoslari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi nochiziqli dinamik ob’yektni chiziqli ARX modeli hamda ARX va ko‘p qatlamli perseptron (MLP) asosidagi gibrid model yordamida identifikatsiyalash aniqligini taqqoslash, shuningdek, olingan modelga tayanuvchi prognozlovchi boshqaruvni (NN-MPC) an’anaviy PID rostlagich bilan solishtirishdan iborat. Metodologiya sifatida o‘lik zona, quruq ishqalanish va og‘irlik momentiga ega doimiy tok dvigateli asosidagi pozitsion servotizimning kompyuter modeli qo‘llanildi; modellar uch xil o‘lchash shovqini darajasida va turli hajmdagi o‘quv tanlanmalarida sinovdan o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, past shovqinda gibrid model 25 qadamli bashoratda ARX modeliga nisbatan xatolikni 10,5 % ga kamaytirdi, biroq shovqin oshganda bu ustunlik barqaror bo‘lmadi, modelning ustunligi uchun kamida 4000 ta o‘quv namunasi talab etildi. Simulyatsiyada NN-MPC aniqlik bo‘yicha PID rostlagichdan ustun kelmadi. Olingan natijalar sun’iy intellekt usullarini qo‘llashdan oldin ma’lumot hajmi, o‘lchash shovqini va hisoblash xarajatlarini baholash zarurligini ko‘rsatadi. Maqola natijalari texnika yo‘nalishidagi talabalarni tayyorlashda laboratoriya mashg‘uloti sifatida foydalanilishi mumkin.

The article examines methodological foundations for modelling the identification and control of automated systems using artificial intelligence. The aim is to compare the accuracy of a linear ARX model and a hybrid model that combines ARX with a multilayer perceptron (MLP) when identifying a nonlinear dynamic plant, and to compare model-based predictive control built on the identified model (NN-MPC) with a conventional PID controller. A computer model of a DC-motor position servo with dead zone, Coulomb friction and gravity torque was used. The models were tested at three measurement-noise levels and with different training-set sizes. At low noise the hybrid model reduced the 25-step-ahead prediction error by 10,5 % relative to the ARX model, but this advantage was not stable as noise increased, and at least 4000 training samples were needed. In the simulations NN-MPC did not outperform the PID controller in tracking accuracy. The results show that data volume, measurement noise and computational cost should be assessed before applying artificial intelligence methods. They can be used as a laboratory exercise in training engineering students.

##submissions.published##

2026-10-13