VAZIRLIK VA IDORALARNING ICHKI AUDIT XIZMATLARINI BAHOLASH TARTIBI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: ichki audit, vazirlik, idora, davlat moliyaviy nazorati, audit samaradorligi, baholash mezonlari, moliyaviy intizom, ichki nazorat, risklarni boshqarish, raqamlashtirish, budjet mablag‘lari.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada vazirlik va idoralarda ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi, uning davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirishdagi o‘rni hamda samaradorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, ichki audit faoliyatini baholashda qo‘llaniladigan asosiy mezonlar, audit tekshiruvlarining natijadorligi, aniqlangan moliyaviy xatoliklarni bartaraf etish, ichki nazorat tizimini rivojlantirish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Maqolada ichki audit xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish, baholash jarayonining shaffofligini ta’minlash va davlat mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Downloads
Published
2026-10-24
Issue
Section
Статьи