TURISTIK HUDUDLARDA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA TURIZMNING EKOLOGIK BARQARORLIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Keywords:
Kalit so‘zlar: turizm, suv resurslari, ekologik barqarorlik, suv izi, Orolbo‘yi, Qoraqalpog‘iston, ekoturizm, suv tanqisligi., Keywords: tourism, water resources, ecological sustainability, water footprint, Aral Sea region, Karakalpakstan, ecotourism, water scarcity.Abstract
Annotatsiya. Maqolada turistik hududlarda suv resurslaridan foydalanish va turizmning ekologik barqarorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Xorijiy, MDH, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston miqyosidagi tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Adabiyotlar sharhi, rasmiy statistik ma’lumotlar (2020–2024) va sektorlar bo‘yicha suv iste’moli ko‘rsatkichlari birlashtirilib, turizm suv talabining stsenariy hisob-kitobi keltirilgan. Natijalar turizmning bevosita suv iste’moli milliy miqyosda kichik ulushni tashkil etishini, biroq Orolbo‘yi kabi suv tanqisligi yuqori bo‘lgan hududlarda mavsumiy va fazoviy to‘planish sababli mahalliy ekologik xavf yuzaga kelishini ko‘rsatdi. Suv xo‘jaligi va turizm siyosatini integratsiyalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Annotation. The article analyses the relationship between water resource use in tourist areas and the ecological sustainability of tourism, drawing on international, CIS, Uzbek and Karakalpak studies. Literature review, official statistics (2020–2024) and sectoral water-use data are combined with a scenario-based estimate of tourism water demand. The results show that direct tourism water use is a small share of national consumption, yet in water-scarce areas such as the Aral Sea region its seasonal and spatial concentration creates local environmental risk. Recommendations for integrating water-management and tourism policies are proposed.