ОLIY TA’LIM TIZIMIDA KОMРETENSIYAVIY YОNDASHUVNING MAZMUNI HAMDA UNING РSIXОLОGIK-РEDAGОGIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Mamatova Munisa Normurod qizi Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: kompetensiyaviy yondashuv, oliy taʼlim, kasbiy kompetensiya, psixologik-pedagogik xususiyatlar, refleksiv fikrlash, ichki motivatsiya, emotsional barqarorlik, shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim, faol taʼlim metodlari, fanlararo integratsiya, fasilitatorlik, mehnat bozoriga moslashuv, taʼlim natijalari, kreativ mutaxassis.

Abstract

Annotatsiya: Kompetensiyaviy yondashuv oliy ta'limda bilimlarni real kasbiy vaziyatlarda qo'llash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan. U ta'lim natijasini mazmundan ustun qo'yib, bitiruvchining kasbiy, ijtimoiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishni maqsad qiladi. Psixologik jihatdan bu yondashuv talabalarda ichki motivatsiya, refleksiv fikrlash, emotsional barqarorlik va ijtimoiy moslashuvchanlikni kuchaytiradi. Pedagogik nuqtai nazardan, ta'lim amaliyotga yaqinlashtiriladi, faol va interfaol metodlar qo'llaniladi. Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv bilan uyg'unlashib, talabaning shaxsiy-kasbiy sifatlari, jumladan, mas'uliyat va mustaqillik rivojlanadi. Kompetensiyaviy yondashuv talabalarni nafaqat bilim egasi, balki muammoni mustaqil hal qila oladigan kreativ mutaxassis sifatida tayyorlaydi. Natijada, u ta'lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning samarali strategiyasi sifatida xizmat qiladi.

Published

2026-08-20