MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TIZIMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

Authors

  • Sodiqov Elyorbek Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: inson huquqlari, mustaqillik, Konstitutsiya, Ombudsman, Milliy markaz, sud himoyasi, xalqaro majburiyatlar, monitoring., Ключевые слова: права человека, независимость, Конституция, Омбудсман, Национальный центр, судебная защита, международные обязательства., Keywords: human rights, independence, Constitution, Ombudsman, National Centre, judicial protection, international obligations.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada 1991–2024-yillarda O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish tizimining shakllanishi tarixiy-huquqiy va institutsional yondashuvlar asosida tadqiq etiladi. Konstitutsiyaviy kafolatlar, parlament nazorati, milliy institutlar, sud himoyasi va xalqaro monitoring o‘rtasidagi aloqalar o‘rganildi. O‘zbek, rus va ingliz tillaridagi birlamchi huquqiy hujjatlar hamda xalqaro tashkilotlar materiallari qiyoslandi. Tadqiqot natijasida rivojlanishning to‘rt bosqichi ajratildi; qonuniy kafolatning mavjudligi bilan huquqning amalda tiklanishi alohida baholanishi zarurligi asoslandi. Ombudsman va Milliy markazning vakolatlari bir-biridan farqlanishi, mehnat huquqlari sohasidagi o‘lchanadigan natijalar esa barcha huquqlar holatiga umumlashtirilmasligi ko‘rsatildi. Samaradorlikni baholashda murojaatlar sonidan tashqari qarorlar ijrosi, kompensatsiya, mustaqil monitoring va takroriy buzilish ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklif etiladi.

Аннотация. В статье исследуется формирование системы защиты прав человека в Узбекистане в 1991–2024 гг. На основе историко-правового и институционального анализа сопоставлены конституционные гарантии, парламентский контроль, национальные институты, судебная защита и международный мониторинг. Использованы первичные источники на узбекском, русском и английском языках. Выделены четыре этапа развития. Обоснована необходимость различать принятие правовых норм и фактическое восстановление нарушенных прав. Предложено оценивать результативность через исполнение решений, возмещение вреда, независимый мониторинг и предотвращение повторных нарушений.

Abstract. This article examines the formation and development of Uzbekistan’s human rights protection system from 1991 to 2024. Historical legal and institutional analysis is applied to primary sources published in Uzbek, Russian and English. The study distinguishes four stages and examines the interaction between constitutional guarantees, parliamentary oversight, national institutions, judicial remedies and international monitoring. It differentiates legal reform from the actual restoration of rights and avoids extrapolating sector-specific achievements to the entire human rights situation. Effectiveness should be assessed through implementation of decisions, compensation, independent monitoring and prevention of recurring violations.

Published

2026-11-05