BARQAROR IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDA INVESTITSION FAOLLIKNI OSHIRISH YO‘NALISHLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: iqtisodiy o‘sish, investitsiya, investitsion faollik, xorijiy investitsiyalar, mahalliy sarmoya, iqtisodiy barqarorlik, tadbirkorlik, innovatsiya, investitsiya muhiti.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda investitsion faollikning tutgan o‘rni va ahamiyati, investitsiya resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlar kesimida samarali taqsimlash masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy va mahalliy sarmoyalarni jalb etish imkoniyatlari, investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, huquqiy kafolatlarni mustahkamlash va investitsiya muhitini yanada takomillashtirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Iqtisodiy rivojlanish jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishning ahamiyati tahlil qilingan. Bundan tashqari, investitsiyalardan oqilona foydalanish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.