SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN INDIVIDUAL O‘QUV TRAEKTORIYASI ORQALI KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING MATEMATIK SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, individual o‘quv trayektoriyasi, matematik savodxonlik, kichik maktab yoshi, boshlang‘ich ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, raqamli ta’lim, matematik kompetensiya, individual yondashuv, bilish faoliyati, mantiqiy tafakkur, ta’limni individuallashtirish, pedagogik texnologiyalar.Abstract
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning matematik savodxonligini shakllantirishda sun’iy intellektga asoslangan individual o‘quv trayektoriyalaridan foydalanishning pedagogik va metodik asoslari yoritilgan. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning individual xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari va o‘zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olish orqali shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini yaratish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalarining o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash, o‘quv materiallarini individuallashtirish, matematik topshiriqlarni murakkablik darajasiga ko‘ra moslashtirish va o‘zlashtirish jarayonini muntazam kuzatishdagi imkoniyatlari ochib berilgan. Individual o‘quv trayektoriyasini shakllantirish bosqichlari, uni amalga oshirish metodlari hamda matematik savodxonlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar yuzasidan ilmiy-uslubiy mulohazalar bayon etilgan.