INKLUZIV TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DIFFERENSIAL YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • SAMIYEVA GULNORA RAJABMURODOVNA Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: inkluziv ta’lim, differensial yondashuv, bo‘lajak o‘qituvchi, pedagogik tayyorgarlik, individual ta’lim, kasbiy kompetensiya, alohida ta’lim ehtiyojlari, pedagogik texnologiya, ta’lim integratsiyasi.

Abstract

Mazkur maqolada inkluziv ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning differensial yondashuv asosida pedagogik faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari, bilim darajasi, qobiliyati va alohida ta’lim ehtiyojlarini hisobga olishning pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Bo‘lajak o‘qituvchilarda differensial ta’limni tashkil etish, individual ta’lim strategiyalarini ishlab chiqish, moslashtirilgan o‘quv topshiriqlaridan foydalanish hamda har bir o‘quvchining ta’lim jarayonidagi faolligini ta’minlash kompetensiyalarini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik takliflar ishlab chiqilgan.

Published

2026-11-12