BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA INKLUZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA KOMMUNIKATIV, METODIK VA REFLEKSIV KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH MODELI
Keywords:
Kalit so‘zlar: inkluziv ta’lim, bo‘lajak pedagog, kommunikativ kompetensiya, metodik kompetensiya, refleksiv kompetensiya, pedagogik model, kasbiy tayyorgarlik, individual yondashuv, pedagogik hamkorlik, kasbiy rivojlanish.Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarda inkluziv ta’limni samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kommunikativ, metodik va refleksiv kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Inkluziv ta’lim sharoitida pedagogning kasbiy faoliyati, avvalo, turli individual imkoniyat va ehtiyojlarga ega ta’lim oluvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish, moslashtirilgan pedagogik metodlarni tanlash hamda o‘z faoliyatini muntazam tahlil qilish qobiliyatlari bilan belgilanadi. Maqolada bo‘lajak pedagoglarning mazkur kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan maqsadli, mazmuniy, jarayonli va natijaviy tarkibiy qismlardan iborat pedagogik model taklif etilgan. Shuningdek, modelni amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlari, metodlari va baholash mezonlari yoritilgan.