ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MATN BILAN ISHLASH STRATEGIYALARI VOSITASIDA O‘QUVCHILARNING TANQIDIY VA MUSTAQIL FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • BOYMURODOVA NODIRABEGIM BAHODIR QIZI Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ona tili, o‘qish savodxonligi, matn bilan ishlash, tanqidiy fikrlash, mustaqil fikrlash, matn tahlili, o‘qish strategiyalari, interfaol metodlar, boshlang‘ich ta’lim, mantiqiy tafakkur.

Abstract

Mazkur maqolada ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida matn bilan ishlash strategiyalari orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tanqidiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-metodik asoslari yoritilgan. Matnni anglash, tahlil qilish, taqqoslash, muallif pozitsiyasini aniqlash, dalillar asosida xulosa chiqarish va muqobil fikrlarni ilgari surish jarayonlarining o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, “INSERT”, “B-B-B”, “Baliq skeleti”, “Klaster”, “Fikrlar xaritasi” va “Savollar zinapoyasi” kabi strategiyalardan foydalanish imkoniyatlari hamda ularni dars jarayoniga integratsiya qilish metodikasi asoslangan.

Published

2026-11-12