SUN’IY INTELLEKT VOSITALARI ORQALI MATEMATIKA TA’LIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, matematika ta’limi, raqamli texnologiyalar, innovatsion ta’lim, ChatGPT, Wolfram Alpha, Photomath, GeoGebra, individual ta’lim, matematik savodxonlik, algoritmik fikrlash, interaktiv ta’lim.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni, matematika fanini o‘qitish jarayonida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish imkoniyatlari va ularning ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning individual ta’lim ehtiyojlarini aniqlash, matematik masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va mantiqiy tafakkurini shakllantirish masalalari tahlil qilingan. ChatGPT, Wolfram Alpha, Photomath, GeoGebra va boshqa raqamli vositalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari, afzalliklari hamda mavjud muammolari haqida fikr yuritilgan.
Downloads
Published
2026-11-13
Issue
Section
Статьи