PAXTA XOMASHYOSINI QAYTA ISHLASHDA ENERGIYA TEJAMKOR TEXNOLOGIYANI ISHLAB CHIQISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: paxta xomashyosi, dastlabki ishlov berish, energiya samaradorligi, energiya tejamkor texnologiya, paxta tozalash, ishchi organ, elektr yuritma, ish unumdorligi, solishtirma energiya sarfi, optimallashtirish., Ключевые слова: хлопок-сырец, первичная переработка, энергоэффективность, энергосберегающая технология, хлопкоочистка, рабочий орган, электропривод, производительность, удельное энергопотребление, оптимизация., Keywords: cotton raw material, primary processing, energy efficiency, energy-saving technology, cotton ginning, working element, electric drive, productivity, specific energy consumption, optimization.Abstract
Ushbu maqolada paxta xomashyosini qayta ishlash jarayonida energiya sarfini kamaytirish va texnologik jarayon samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Paxta xomashyosiga dastlabki ishlov berishda texnologik mashinalarning ish rejimlari, ishchi organlarning aylanish chastotasi, xomashyoning berilish miqdori hamda namlik darajasining energiya sarfi va ish unumdorligiga ta’siri tahlil qilingan. Energiya samaradorligini baholashda solishtirma energiya sarfi, mashinaning ish unumdorligi va iste’mol qilinayotgan quvvat asosiy mezon sifatida qabul qilingan. Tadqiqot metodologiyasida nazariy tahlil, hisoblash-analitik usullar va matematik modellashtirishdan foydalanish taklif etilgan. Paxta xomashyosini qayta ishlashda ishchi organlarning optimal aylanish chastotasini va xomashyo berilish rejimini aniqlash orqali ortiqcha energiya sarfini kamaytirish imkoniyati asoslangan. Taklif etilayotgan energiya tejamkor texnologik yondashuv paxta tozalash korxonalarida elektr energiyasidan samarali foydalanish, texnologik mashinalarning ish unumdorligini barqarorlashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
В статье исследованы вопросы снижения энергозатрат и повышения эффективности технологического процесса при переработке хлопка-сырца. Проанализировано влияние режимов работы технологических машин, частоты вращения рабочих органов, подачи сырья и его влажности на потребление энергии и производительность оборудования. В качестве основных критериев оценки энергоэффективности приняты удельные энергозатраты, производительность машины и потребляемая мощность. В методологии исследования предложено использование теоретического анализа, расчётно-аналитических методов и математического моделирования. Обоснована возможность снижения избыточного энергопотребления за счёт определения оптимальной частоты вращения рабочих органов и рационального режима подачи хлопка-сырца. Предлагаемый энергосберегающий технологический подход может способствовать эффективному использованию электроэнергии на хлопкоочистительных предприятиях, стабилизации производительности технологического оборудования и повышению общей эффективности производства.
This article investigates the reduction of energy consumption and improvement of technological efficiency in cotton raw material processing. The effects of technological machine operating modes, working element rotational speed, raw material feed rate, and moisture content on energy consumption and equipment productivity are analyzed. Specific energy consumption, machine productivity, and power consumption are considered as the main criteria for evaluating energy efficiency. The research methodology is based on theoretical analysis, analytical calculations, and mathematical modeling. The study substantiates the possibility of reducing excessive energy consumption by determining the optimal rotational speed of working elements and rational cotton feed regimes. The proposed energy-saving technological approach can contribute to more efficient electricity utilization in cotton ginning enterprises, stabilization of technological equipment productivity, and improvement of overall production efficiency.