ICHAK MIKROBIOTASI VA TERI SALOMATLIGI O'RTASIDAGI O'ZARO BOG'LIQLIK

Authors

  • Adxamova Laziza Abdullayevna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Ichak mikrobiotasi, teri, ichak-teri o'qi, disbioz, yallig'lanish, probiyotiklar, akne, dermatit.

Abstract

Annotatsiya: Maqolada ichak mikrobiotasi va teri salomatligi o‘rtasidagi ikki tomonlama funksional bog‘liqlik - "ichak-teri o‘qi" mexanizmlari atroflicha yoritilgan. Mikrobiom disbiozining sistemali yallig‘lanish, immun reaksiyalar va epitelial barer funksiyasiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, akne, psoriaz, atopik dermatit va rosatsea kabi dermatologik kasalliklar patogenezida ichak mikroflorasining o‘rni ko‘rsatilgan. Probiyotik va prebiotik terapevtik yondashuvlarning terining fiziologik holatini yaxshilash va dermatologik muammolarni korreksiya qilishdagi istiqbollari ilmiy asoslab berilgan.

Published

2026-09-13