O‘ZBEK VA YAPON XALQ ERTAKLARINI CHOG‘ISHTIRMA O‘RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Authors

  • N.M. Xamidova Author

Abstract

Xalq og‘zaki ijodi har bir xalqning tarixiy xotirasi, milliy tafakkuri, dunyoqarashi, axloqiy-estetik qarashlari hamda ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan muhim madaniy hodisalardan biridir. Folklor janrlari orasida ertak alohida o‘rin egallaydi. Ertaklar xalqning asrlar davomida shakllangan hayotiy tajribasi, ezgulik va yovuzlik, adolat va zulm, mehnat va dangasalik, jasorat va qo‘rqoqlik haqidagi tasavvurlarini badiiy shaklda ifodalaydi. Shu jihatdan turli xalqlar ertaklarini qiyosiy o‘rganish nafaqat folklorshunoslik, balki qiyosiy adabiyotshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, etnografiya va madaniyatlararo tadqiqotlar uchun ham muhim ilmiy ahamiyatga ega.

Published

2026-09-20