HELICHRYSUM ITALICUM (ROTH) G.DON O‘SIMLIGINI INTRODUKSIYA SHAROITIDA AGROTEXNIK VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH BO‘YICHA JAHON TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTONDA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Helichrysum italicum, introduksiya, agrotexnika, efir moyi, nerilatsetat, α-pinen, qurg‘oqchilikka chidamlilik, plantatsiya, O‘zbekiston.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘rta yer dengizi florasiga mansub bo‘lgan qimmatbaho efir moyi olish va dorivor maqsadlarda qo‘llaniladigan Helichrysum italicum (Roth) G.Don (Asteraceae) o‘simligini introduksiya qilish, yetishtirish texnologiyasi va bioekologik xususiyatlariga oid (1995/2025-yillarda nashr etilgan) xalqaro ilmiy manbalar tizimli tahlil qilingan. O‘simlikning taksonomik tuzilishi, tabiiy areali, qurg‘oqchilik, past harorat va sho‘rlanishga munosabati, ko‘paytirish usullari, ekish sxemalari, hosildorlik va efir moyi chiqishi bo‘yicha Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Fransiya, Italiya, Turkiya, Polsha va Qrim tajribalari umumlashtirilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, plantatsiyada to‘liq o‘simlikni hosili 3-yildan boshlab olinadi, ho‘l gul to‘plamlari hosildorligi 7-8 t/ga, efir moyi chiqishi esa 8-12 kg/ga ni tashkil etadi. O‘zbekiston sharoitida o‘simlikni yetishtirish uchun asosiy cheklovchi omil bu qishki past harorat bo‘lib, yuqori quyosh radiatsiyasi, yozgi qurg‘oqchilik va karbonatli bo‘z tuproqlar esa uni bioekologik xususiyatlariga mos keladi. Respublikaning janubiy viloyatlari va tog‘ oldi mintaqalarida introduksion sinovlarni bosqichma-bosqich tashkil etilishi nazarda tutilgan.