HUKUMATLARARO TASHKILOTLAR VA ULARNING O‘ZBEKISTONDAGI VAKOLATXONALARINING HUQUQIY MAQOMI: XALQARO-HUQUQIY ASOSLAR VA MILLIY AMALIYOT

Authors

  • Bahtiyorov Po‘latbek Arslonbek o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: hukumatlararo tashkilot, xalqaro huquqiy shaxsiyat, vakolatxona, akkreditatsiya, mezbon davlat, imtiyozlar, immunitetlar, O‘zbekiston.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada hukumatlararo tashkilotlarning xalqaro huquqiy shaxsiyati hamda ularning O‘zbekistondagi vakolatxonalari maqomi tahlil qilinadi. Tashkilotlarning mezbon davlatda faoliyat yuritishi, vakolatxonalarni akkreditatsiya qilish, imtiyoz va immunitetlar berish, shuningdek milliy yurisdiksiya va javobgarlik masalalariga e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori hamda O‘zbekiston Hukumati va Global yashil o‘sish instituti (GGGI) o‘rtasidagi 2021-yilgi bitim milliy amaliyot misolida ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijasida O‘zbekistonda hukumatlararo tashkilotlar maqomi umumiy akkreditatsiya tartibi bilan bir qatorda, muayyan tashkilotga oid xalqaro bitimlar orqali ham belgilanishi ko‘rsatiladi. Maqolada mezbon davlatning suveren vakolatlari, tashkilotning mustaqil faoliyati va uchinchi shaxslarning huquqiy himoyasi o‘rtasida mutanosib muvozanat zarurligi asoslanadi.

Published

2026-10-13