DAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Amrullayev Azizbek Orif o‘g‘li Author

Abstract

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ta’lim xizmatlari sifatini oshirish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifalarning amalga oshirilishi davlat budjetidan ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan moliyaviy resurslardan samarali, maqsadli va oqilona foydalanishni talab etadi. Shu sababli davlat ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini ta’minlash va ichki nazorat mexanizmlarini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Published

2026-08-13