FIZIKADAN MASALA YECHISH JARAYONIDA TALABALARNING METAKOGNITIV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: fizika ta’limi, metakognitsiya, metakognitiv ko‘nikmalar, masala yechish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya, muammoli ta’lim, mustaqil ta’lim, fizik tafakkur, metodik texnologiya.Аннотация
Annotatsiya: Mazkur maqolada fizikadan masala yechish jarayonida talabalarning metakognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Metakognitsiyaning mazmuni, uning fizik masalalarni tushunish, yechish strategiyasini tanlash, fikrlash jarayonini nazorat qilish va olingan natijalarni baholashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, masala yechish faoliyatini rejalashtirish, monitoring qilish, xatolarni aniqlash va refleksiv baholash bosqichlariga asoslangan metodik texnologiya taklif etilgan. Talabalarning metakognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishda muammoli topshiriqlar, o‘z-o‘ziga savol berish, yechimlarni taqqoslash va refleksiv tahlildan foydalanish imkoniyatlari asoslangan. Maqola nazariy-metodik xususiyatga ega bo‘lib, taklif etilgan texnologiyaning samaradorligini aniqlash uchun keyingi empirik sinovlar zarurligi qayd etilgan.