ZAMONAVIY BREND BOSHQARUVI: NAZARIY YONDASHUVLAR VA AMALIY IMKONIYATLAR

Авторы

  • Sevara Ibodullayeva Allashukur qizi Автор

Аннотация

Jahon bozorida raqobatning kuchayishi korxonalar uchun mahsulotning faqat funksional va sifat xususiyatlari hisobiga uzoq muddatli ustunlikka erishishni murakkablashtirmoqda. Texnologiyalar tarqalishining tezlashishi, elektron tijoratning rivojlanishi, ijtimoiy tarmoqlarning iste’molchi qarorlariga ta’siri hamda mahsulot va xizmatlar to‘g‘risidagi axborotning yuqori darajada ochiqligi korxonalar o‘rtasidagi raqobatni yangi bosqichga olib chiqdi. Bunday sharoitda brend korxonaning bozordagi taklifini raqobatchilardan ajratish, iste’molchi ishonchini shakllantirish va uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish imkonini beruvchi strategik nomoddiy aktiv sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Опубликован

2026-08-26