AUTIZM SPEKTRI BUZILISHINING OG‘IRLIK DARAJASINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY MEZONLARI

Авторы

  • Sulaymonova Sevara Sirojiddin qizi. Автор

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: autizm spektri buzilishi, ASB, og‘irlik darajasi, ijtimoiy kommunikatsiya, takrorlanuvchi xulq-atvor, DSM-5-TR, ICD-11, ADOS-2, CARS-2, funksional baholash, reabilitatsiya.

Аннотация

Autizm spektri buzilishi (ASB) bolalik davrida namoyon bo‘ladigan, ijtimoiy kommunikatsiya va ijtimoiy o‘zaro munosabatlarning barqaror buzilishi, shuningdek, cheklangan, takrorlanuvchi va stereotip xulq-atvor, qiziqishlar hamda faoliyat shakllari bilan tavsiflanadigan neyro-rivojlanish buzilishidir. ASB klinik jihatdan juda xilma-xil kechishi sababli uning og‘irlik darajasini to‘g‘ri baholash individual reabilitatsiya dasturini ishlab chiqish, ta’lim va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hajmini belgilash hamda davolash samaradorligini monitoring qilishda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy yondashuvlarda autizmning og‘irligi faqat simptomlar soni yoki diagnostik test natijalariga qarab emas, balki buzilishlarning kundalik hayot faoliyatiga ta’siri va shaxsga zarur bo‘lgan yordam darajasi asosida aniqlanadi. DSM-5-TR bo‘yicha ijtimoiy kommunikatsiya va cheklangan-takrorlanuvchi xulq-atvor alohida baholanib, mos ravishda 1-daraja — “qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi”, 2-daraja — “sezilarli qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi” va 3-daraja — “juda sezilarli qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi” mezonlari qo‘llanadi. ICD-11 esa ASBni intellektual rivojlanish buzilishi va funksional til buzilishi mavjudligi yoki yo‘qligiga ko‘ra aniqlashtiradi. Maqolada ASB og‘irligini baholashning zamonaviy mezonlari, klinik baholash tamoyillari, standartlashtirilgan diagnostik vositalar va funksional yondashuvning ahamiyati yoritilgan.

Опубликован

2026-08-28