SANOAT IFLOSLANISHI TA’SIRIDA DARAXT TURLARINING FIZIOLOGIK MOSLASHUVI VA BIOINDIKATORLIK QONUNIYATLARINI ANIQLASH

Авторы

  • Yuldasheva Saxiba Shamurzayevna Автор
  • Abduraimov Jasur Abdurashid o'g'li Автор

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: sanoat ifloslanishi, daraxtlar, fiziologik moslashuv, bioindikator, fotosintez, xlorofill, og‘ir metallar, atmosfera, ekologik stress, antioksidant himoya.

Аннотация

Annotatsiya: Mazkur tezisda sanoat korxonalari faoliyati natijasida atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar ta’sirida daraxt turlarida yuzaga keladigan fiziologik o‘zgarishlar hamda ularning bioindikatorlik xususiyatlari tahlil qilinadi. Sanoat hududlarida atmosfera tarkibining o‘zgarishi, chang, og‘ir metallar, oltingugurt va azot birikmalari, shuningdek boshqa texnogen omillar o‘simliklarning normal hayot faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitda daraxtlarda fotosintez intensivligining pasayishi, pigmentlar tarkibining o‘zgarishi, barg yuzasining shikastlanishi, suv almashinuvi va antioksidant himoya tizimining faollashishi kabi fiziologik javob reaksiyalari kuzatiladi. Shu bilan birga, ayrim daraxt turlari ekologik plastiklik va yuqori moslashuvchanlik xususiyati tufayli ifloslangan muhitda nisbatan barqaror saqlanadi. Tezisda daraxtlarning morfofiziologik ko‘rsatkichlaridan sanoat havosining holatini baholashda foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Bioindikatorlik nuqtayi nazaridan barglarning pigment tarkibi, nekroz darajasi, barg yuzasidagi chang miqdori, antioksidant fermentlar faolligi va o‘sish ko‘rsatkichlari muhim mezon sifatida ko‘rib chiqilgan.

Опубликован

2026-09-10