O‘SIMLIKLARNING EKOLOGIK MUVOZANATNI SAQLASHDAGI ROLI VA ULARNI MUHOFAZA QILISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: o‘simliklar, ekologik muvozanat, biologik xilma-xillik, o‘simlik dunyosi, ekologik barqarorlik, tabiatni muhofaza qilish, ekologik monitoring, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, GIS texnologiyalari, yashil hududlar.Аннотация
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘simliklarning ekologik muvozanatni saqlashdagi o‘rni, tabiiy ekotizimlarning barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda o‘simlik dunyosini muhofaza qilishning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. O‘simliklar atmosferadagi karbonat angidridni o‘zlashtirish, kislorod ajratish, tuproqni eroziyadan himoya qilish, suv rejimini tartibga solish va ko‘plab tirik organizmlar uchun yashash muhitini shakllantirish orqali ekologik muvozanatni ta’minlaydi. O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha strategik yondashuvlar muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish, noyob turlarni saqlash, monitoring va zamonaviy geoaxborot texnologiyalaridan foydalanishni ham qamrab oladi. Maqolada o‘simliklarni muhofaza qilishda ekologik monitoring, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, raqamli texnologiyalar, qayta tiklash va ekologik ta’limning ahamiyati tahlil qilinadi.