SANOAT KORXONALARIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Аннотация
Zamonaviy iqtisodiyotda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish sanoat korxonalarining texnologik va iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biriga aylanmoqda. Sun’iy intellekt ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, uskunalarning texnik holatini oldindan aniqlash, mahsulot sifatini nazorat qilish, energiya va xomashyo sarfini optimallashtirish, logistika jarayonlarini boshqarish hamda korxona rahbariyatining qaror qabul qilish jarayonini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Mazkur masala O‘zbekiston uchun ham dolzarbdir. Chunki mamlakat sanoatining hajmi so‘nggi yillarda sezilarli kengaymoqda. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 1,1 kvadrillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan va sanoat ishlab chiqarishining real o‘sishi 2024-yilga nisbatan 6,8 foizni tashkil etgan. 2026-yil 1-yanvar holatiga mamlakatda 59,8 mingta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatgan.