STRESS VA UYQU BUZILISHINING YURAK RITMI VARIABELLIGI VA ARITMIYALAR RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Авторы

  • Nuratdinova Sarbinaz Paxratdin qizi Автор

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: stress, uyqu buzilishi, uyqu etishovchiligi, yurak ritmi variabelligi, HRV, RMSSD, LF/HF, bo’lmachalar fibrillyasiyasi, avtonom nerv tizimi.

Аннотация

Annotatsiya. Dolzarbligi. Stress va uyqu buzilishlari avtonom nerv tizimi faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim psixofiziologik omillar hisoblanadi. Yurak ritmi variabelligi (YuRB, HRV) simpatik va parasimpatik nerv tizimi o’rtasidagi funksional muvozanatni baholashda qo’llailadigan noinvaziv marker bo’lib, uning o’zgarishi aritmiyalar va yurak-qon tomir xavfi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Maqsad. Stress va uyqu buzilishlarining YuRB ko’rsatkichlari hamda aritmiyalar rivojlanishi bilan o’zaro bog’liqligi haqidagi zamonaviy ilmiy dalillarni tahlil qilish.  Material va usullar. PubMed, MEDLINE va boshqa halqaro ilmiy manbalarda e’lon qilingan sistematik sharhlar, meta-tahlillar va kogort tadqiqotlar tahlil qilindi. Asosiy e’tibor uyqu etishmovchiligi, psixologik stresss, depressiya, xavotir va ularning HRV hamda bo’lmachalar fibrillyasiyasi bilan bog’liqligiga qaratildi.  Natijalar. 2025 yilgi sistematik sharh va meta-tahlilda 11 ta randomizatsiyalangan tadqiqot va 549 nafar ishtirokchi tahlil qilinib, uyqu etishmovchiligidan keyin RMSSD sezilarli pasayishi, LF va LF/HF nisbatinin oshishi aniqlangan. Bu o’zgarishlar vagal faollikning pasayishi va simpatik ustunlikka mos keladi. Psixologik omillar bo’yicha 2022-yilgi meta-tahlilda 13 ta tadqiqot VA 5329908 ishtirokchi qamrab olini, xavotir, depressiya va ish bilan bog’liq stress BF xavfining oshishi bilan bog’liq ekani ko’rsatilgan.  Xulosa. Stress va uyqu buzilishlari avtonom nerv tizimi disbalansi orqali yurak ritmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. HRV ko’rsatkichlaridan foydalanisharitmiya havfini kompleks baholashda qo’shimcha biomarker sifatida istiqbollidir. Biroq sabab-oqiba munosabatlarini aniqlash uchun katta hajmli prospektiv tadqiqotlar zarur.

Опубликован

2026-09-29