IJTIMOIY SIYOSAT VA UNING AMALGA OSHIRILISH BOSQICHLARI

Авторы

  • Sulaymonova Farangizbegim Автор
  • Shamsiddinov Bahodir Автор

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: ijtimoiy siyosat, ijtimoiy himoya, ijtimoiy ta’minot, aholi farovonligi, davlat siyosati, ijtimoiy islohotlar, bandlik, ijtimoiy adolat, monitoring, ijtimoiy samaradorlik.

Аннотация

Mazkur maqolada ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari, uning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda amalga oshirilish bosqichlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Ijtimoiy siyosatning aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy himoyani ta’minlash, bandlikni rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda ijtimoiy muammolarni aniqlash, maqsad va vazifalarni belgilash, dasturlarni ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish, monitoring va nazoratni amalga oshirish hamda natijalarni baholash bosqichlari izchil o‘rganiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ijtimoiy siyosatning shakllanishi, huquqiy asoslari va aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil etiladi. Tadqiqot natijasida ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirishda manzillilik, shaffoflik, tizimli yondashuv va davlat bilan jamiyat o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslanadi.

Опубликован

2026-10-11