YASHIL SABZAVOTLAR VA BARGLI KO‘KATLARNING OZIQAVIY QIYMATI HAMDA INSON SALOMATLIGIDAGI AHAMIYATI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: yashil sabzavotlar, bargli ko‘katlar, ismaloq, brokkoli, rukkola, salat, petrushka, xlorofill, antioksidant, vitamin, mineral moddalar, klechatka, karotinoidlar.Аннотация
Annotatsiya. Ushbu maqolada yashil sabzavotlar va bargli ko‘katlarning inson salomatligi uchun ahamiyati, ularning oziqaviy qiymati, tarkibidagi vitaminlar, mineral moddalar, klechatka, xlorofill, karotinoidlar va boshqa biologik faol birikmalarning xususiyatlari tahlil qilingan. Bargli sabzavotlar tarkibidagi kaliy, kaltsiy, magniy, temir, vitaminlar va antioksidantlar organizmning turli fiziologik jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etishi yoritilgan. Shuningdek, petrushka, salat, sarsabil, yashil piyoz, ismaloq, selderey, brokkoli va rukkolaning oziqaviy tarkibi qiyosiy tahlil qilingan. Yashil sabzavotlarni muntazam iste’mol qilish ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilashi, immunitetni qo‘llab-quvvatlashi, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini me’yorlashtirishi va organizmni antioksidantlar bilan ta’minlashi qayd etilgan.