HELICHRYSUM ITALICUM (ROTH) G.DON O‘SIMLIGINING KO‘PAYTIRISH USULLARINI TAHLILI

Авторы

  • Narinova Saodat Baxtiyorovna Автор
  • Jumaboyev G‘ulomjon Shermatovich Автор
  • Mardonov Fozilbek Mardon o‘g‘li Автор

Аннотация

         Kirish. Introduksiya sharoitida o‘ragnilishi zarur bo‘lgan har qanday dorivor o‘simlik uchun birinchi navbatda hal etilishi shartv bo‘lgan amaliy masala - sifatli ekish materialini yetarli miqdorda va qisqa muddatda olish texnologiyasini o‘rganishdan iboratdir. Helichrysum italicum (Roth) G.Don (Asteraceae, Gnaphalieae) uchun ushbu masala ikki sababga ko‘ra alohida ahamiyatga ega. Birinchidan, tabiiy populyatsiyalar yuqori genetik va kimyoviy geterogenlikka ega; urug‘dan olingan avlodda ona o‘simlikning kimyotipi va morfologik belgilari to‘liq saqlanmaydi [1], [9]. Ikkinchidan, tur ko‘paytirish biologiyasi bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar kam: mavjud adabiyotning asosiy qismi efir moyi kimyosiga bag‘ishlangan, ko‘chat yetishtirish texnologiyasi esa eng kam o‘rganilgan yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda [1]. Shu sababli turni ko‘paytirishning generativ (urug‘ orqali), an’anaviy vegetativ (qalamchalash) va biotexnologik (in vitro mikroklonal) usullarini qiyosiy baholash hamda ularning har biri qaysi maqsadga xizmat qilishini aniqlash dolzarb vazifa hisoblanadi.

Опубликован

2026-10-13