SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGINING O‘TKIR DEKOMPENSATSIYASI BOSQICHIDA VOLEMIK HOLATNI BAHOLASH AHAMIYATI

Авторы

  • Nurillayev Abdulloxon Axmadxo‘ja o‘g‘li Автор
  • Dusmatova Barno Dilshodbek qizi Автор

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: surunkali yurak yetishmovchiligi, o‘tkir dekompensatsiya, volemik holat, dimlanish, o‘pka ultratovushi, natriurez, diurez.

Аннотация

Surunkali yurak yetishmovchiligining (SYuYe) o‘tkir dekompensatsiyasi jarayonida bemorning volemik statusini adekvat baholash tizimli dimlanish darajasini aniqlash hamda dekongektiv (suyuqlikni kamaytirish) terapiya samaradorligini obyektiv nazorat qilishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolaning maqsadi – an’anaviy klinik ko‘rik, zamonaviy o'pka ultratovush diagnostikasi (UTT) va laborator biomarkerlarni multimodal tarzda birgalikda qo‘llashning amaliy ustuvorligini ilmiy tahlil qilishdir. Ushbu narrativ sharh yetakchi xalqaro klinik tavsiyalar, ekspertlar konsensusi va yirik randomizatsiyalangan tadqiqotlarga asoslangan. Maqolada qon tomir ichidagi gipervolemiya (dimlanish) va to‘qimalararo suyuqlik to‘planishi patofiziologik jihatdan farqli mexanizmlar ekanligi, shu bois izolyatsiya qilingan ko‘rsatkich bemorning haqiqiy gemodinamik holatini to‘laqonli ifodalay olmasligi ko'rsatib o'tilgan. Xulosa o‘rnida, volemik holatni bir martalik statik o‘lchov emas, balki patofiziologik o'zgarishlarga asoslangan uzluksiz ketma-ket baholash jarayoni sifatida yuritish taklif etiladi.

Опубликован

2026-10-13