O‘ZBEKISTONDA AN’ANAVIY BANKLARDA ISLOMIY MOLIYA XIZMATLARINI KENGAYTIRISH VA MIJOZLAR OQIMINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI

Авторы

  • Sadullayev Shaxzod Shavkatovich Автор

Аннотация

O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlariga bo‘lgan talab bank tizimining jadal rivojlanishi va aholining muayyan qismi an’anaviy foizli moliyaviy xizmatlardan foydalanmasligi bilan izohlanadi. Bir tomondan, mamlakat bank tizimining aktivlari, kreditlari va depozitlari yildan-yilga oshmoqda. Ikkinchi tomondan, diniy e’tiqodi sabab an’anaviy bank kreditidan foydalanmaydigan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari mavjud. UNDPning 2020-yilgi tadqiqotiga ko‘ra, so‘rovda qatnashgan jismoniy shaxslarning 56 foizi va biznes vakillarining 38 foizi diniy e’tiqodi sabab an’anaviy bank kreditidan foydalanmasligini bildirgan. Tadqiqot doirasida 2 235 nafar tadbirkor va 4 938 nafar jismoniy shaxs qamrab olingan. Shuningdek, mamlakatdagi 30 ta tijorat bankiga so‘rov yuborilib, ulardan 27 tasi javob bergan. So‘rov natijalarida yuridik shaxslarning 61 foizi va jismoniy shaxslarning 75 foizi mamlakatda islomiy moliya institutlari faoliyat yuritishini istashi qayd etilgan.

Опубликован

2026-08-13