KORXONALARNING BUDJET OLDIDAGI SOLIQ MAJBURIYATLARINI O‘Z VAQTIDA VA TO‘LIQ BAJARISHI USTIDAN NAZORATNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Аннотация
Budjet daromadlarining barqaror shakllanishi korxonalar tomonidan soliqlarni to‘g‘ri hisoblash, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirish hamda hisoblangan summalarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lashga bevosita bog‘liq. Shu sababli soliq nazoratining asosiy vazifasi faqat huquqbuzarliklarni aniqlash va moliyaviy jarimalar qo‘llashdan iborat bo‘lmasligi kerak. Zamonaviy soliq nazorati xavflarni oldindan aniqlash, korxonalarni mavjud xatolar haqida ogohlantirish va ixtiyoriy soliq intizomini rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi lozim.2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarida sezilarli o‘sish kuzatildi. Rasmiy budjet ijrosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda Davlat budjeti daromadlari 132,9 trln so‘mni tashkil etib, 2019-yilga nisbatan 18,5 foizga oshgan. Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilda 164,7 trln so‘mga yetib, yillik o‘sish 23,9 foizni tashkil qilgan. 2021-yilda soliq organlari ma’muriyatchiligidagi tushumlar 127,9 trln so‘mga teng bo‘lgan.