OLIY TA’LIM BITIRUVCHILARINING MEHNAT FAOLIYATIGA MOSLASHISHI VA KADRLAR UZILISHI (SKILLS MISMATCH) MUAMMOSINING IQTISODIY TAHLILI

Mualliflar

  • Savrieva Madina Xakimovna ##default.groups.name.author##
  • Ikramova Shoxsanam Kamol qizi ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: Inson kapitali, mehnat bozori, kadrlar uzilishi (skills mismatch), Navoiy viloyati, kon-metallurgiya, vertikal nomuvofiqlik, gorizontal nomuvofiqlik, mehnat unumdorligi.

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari (OTM) bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyalashuvi jarayonida yuzaga kelayotgan tarkibiy va sifat nomuvofiqliklari — ya’ni kadrlar uzilishi (skills mismatch) hodisasi iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida respublikaning yirik sanoat va kon-metallurgiya sanoati hisoblangan Navoiy viloyati tanlab olingan. Viloyatdagi ogʻir sanoat tarmoqlari, konchilik, energetika va xizmat koʻrsatish sohalarining kadrlar tarkibiga boʻlgan real talabi hamda mahalliy OTMlar (Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti va boshqalar) tomonidan tayyorlanayotgan kadrlar profili oʻrtasidagi strukturaviy tafovutlar empirik hamda konseptual tahlil etilgan. Tahlillar natijasida “vertikal” va “gorizontal” uzilishlarning mikromoliya hamda makroiqtisodiy darajadagi oqibatlari baholanib, hududiy kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha amaliy taklif va institutsional mexanizmlar ishlab chiqilgan.

##submissions.published##

2026-10-22