STEFAN SVEYG NOVELLALARI TARJIMALARIDA AYOL OBRAZLARINING LINGVOSTILISTIK VOSITALARI
##semicolon##
Kalit so‘zlar: Stefan Svayg, novella, ayol obrazi, lingvostilistika, tarjima, psixologizm, metafora, epitet, o‘xshatish, ichki monolog, emotsional-ekspressiv vositalar.Annotatsiya
Annotatsiya. Mazkur maqolada avstriyalik yozuvchi Stefan Svayg novellalari tarjimalarida ayol obrazlarini shakllantirish va tasvirlashda qo‘llaniladigan lingvostilistik vositalar tadqiq etiladi. Xususan, “Noma’lum ayol maktubi” (“Brief einer Unbekannten”), “Ayol hayotidan yigirma to‘rt soat” (“Vierundzwanzig Stunden aus dem Leben einer Frau”) va “Qo‘rquv” (“Angst”) novellalari misolida ayol ruhiyati, hissiy kechinmalari, ichki monologlari hamda xarakter xususiyatlarining badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Shuningdek, asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida leksik, semantik, sintaktik va ekspressiv vositalarning funksional xususiyatlari, muallif uslubini saqlash hamda milliy til imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga e’tibor qaratiladi.