ABU ALI IBN SINO TA’LIMOTIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA INSON SALOMATLIGINI SAQLASH TAMOYILLARI
##semicolon##
Kalit so‘zlar: Abu Ali ibn Sino, sog‘lom turmush tarzi, inson salomatligi, “Tib qonunlari”, profilaktika, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, gigiyena, uyqu, ruhiy salomatlik.Annotatsiya
Annotatsiya: Mazkur maqolada buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning inson salomatligini saqlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va kasalliklarning oldini olishga oid qarashlari yoritilgan. Ibn Sinoning tibbiy merosida ovqatlanish tartibi, jismoniy faollik, uyqu va dam olish, shaxsiy gigiyena, ruhiy xotirjamlik, atrof-muhit hamda kun tartibining inson salomatligiga ta’siri muhim o‘rin egallaydi. Maqolada allomaning “Tib qonunlari” asarida ilgari surilgan sog‘liqni saqlash tamoyillari tahlil qilinib, ularning zamonaviy profilaktik tibbiyot va sog‘lom turmush tarzi tushunchalari bilan o‘xshash jihatlari ko‘rsatib berilgan. Ibn Sino ta’limotida kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olish, inson organizmining tabiiy imkoniyatlarini asrash va hayot tarzini me’yorlashtirishga alohida e’tibor qaratilgani asoslangan.