TALABALARNING KOGNITIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLAR VA DIAGNOSTIKA
##semicolon##
Kalit so‘zlar: kognitiv qobiliyat, pedagogik shart-sharoit, diagnostika, mezon, ko‘rsatkich, refleksiya, metakognitsiya, kreativlik, kognitiv faoliyat, pedagogik korreksiya.Annotatsiya
Annotatsiya. Mazkur tezisda oliy ta’lim jarayonida talabalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari hamda ushbu jarayon samaradorligini aniqlashga xizmat qiluvchi diagnostik mezon va vositalar yoritilgan. Kognitiv rivojlanishning tizimli xususiyati asosida talabaning faol subyektlik pozitsiyasini shakllantirish, muammoli va kreativ topshiriqlardan foydalanish, reflektiv faoliyatni tashkil etish, mustaqil va hamkorlikdagi ta’limni uyg‘unlashtirish hamda individual imkoniyatlarni hisobga olish muhim pedagogik shart-sharoitlar sifatida asoslangan. Shuningdek, kognitiv qobiliyatlarni kognitiv-faoliyatli, refleksiv-metakognitiv va kreativ-ijodiy mezonlar asosida baholash hamda diagnostika natijalaridan pedagogik korreksiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.