MARKAZIY OSIYO VA ARAB DAVLATLARI MUNOSABATLARINING SIYOSIY ISTIQBOLLARI: O‘ZBEKISTON MISOLIDA STRATEGIK HAMKORLIKNING YANGI YO‘NALISHLARI
##semicolon##
Kalit so‘zlar: Markaziy Osiyo, O‘zbekiston, Arab davlatlari, Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi, GCC, tashqi siyosat, strategik hamkorlik, geosiyosat, geoiqtisodiyot, investitsiya diplomatiyasi, strategik avtonomiya, mintaqalararo hamkorlik.Annotatsiya
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo davlatlari va Arab davlatlari, xususan Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi (GCC) mamlakatlari o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori O‘zbekistonning Arab davlatlari bilan rivojlanib borayotgan strategik aloqalariga qaratilib, ushbu munosabatlarning Markaziy Osiyoning tashqi siyosiy diversifikatsiyasi, strategik avtonomligi va mintaqaviy geosiyosiy muvozanatiga ta’siri o‘rganiladi. Maqolada Arab davlatlarining Markaziy Osiyoga bo‘lgan qiziqishi faqat iqtisodiy va investitsiyaviy manfaatlar bilan izohlanmasligi, balki transport-kommunikatsiya yo‘laklari, energetika xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi, siyosiy diplomatiya va yangi geoiqtisodiy makonlarni shakllantirish bilan bog‘liq kompleks strategiyaning bir qismi ekani asoslanadi.