RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHARAOITIDA LIDERLIK MODELLARI

Mualliflar

  • Dilshoda Niyazova ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: raqamli transformatsiya, raqamli liderlik, liderlik modellari, e-leadership, transformatsion liderlik, raqamli kompetensiya, strategik boshqaruv, innovatsiya, inson kapitali.

Annotatsiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida liderlikning o‘zgarishi va yangi boshqaruv modellari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning tashkilotlar faoliyatiga keng kirib kelishi rahbarning vazifalari, qaror qabul qilish usullari, xodimlar bilan aloqa qilish shakllari va jamoani boshqarish yondashuvlariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda transformatsion liderlik, e-leadership va raqamli liderlik tushunchalari o‘zaro qiyoslanib, ularning umumiy hamda farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ishda qiyosiy adabiyotlar sharhi, qiyosiy tahlil, kontent-tahlil va konseptual umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Ilmiy manbalar tahlili raqamli liderlikni faqat texnologiyadan foydalanish ko‘nikmasi bilan cheklash mumkin emasligini ko‘rsatadi. Uning mazmunida strategik fikrlash, o‘zgarishlarni boshqarish, xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsiyaga ochiqlik va hamkorlik muhim o‘rin tutadi.

##submissions.published##

2026-09-23