YER–SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI ANIQLASH

Mualliflar

  • Xodjiyeva Niyozgul ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: yer resurslari, suv resurslari, yer monitoringi, kadastr, yer unumdorligi, suv unumdorligi, suv sarfi, GIS, masofadan zondlash, qishloq xo‘jaligi.

Annotatsiya

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqarorligini ta’minlash, hosildorlikni oshirish, suv sarfini kamaytirish hamda yerlarning ekologik holatini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda yer unumdorligi, suv unumdorligi, suv sarfi, mahsulot hosildorligi va iqtisodiy samaradorlik kabi ko‘rsatkichlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, geografik axborot tizimlari (GIS), masofadan zondlash va raqamli kadastr monitoringi texnologiyalaridan foydalanish orqali yer–suv resurslarining holatini baholash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Agarda biz yer unumdorligini, suv unumdorligi va ularning sarfini, bular natijasida olinadigan mahsulotlar hosildorligini oshira olsak albatta iqtisodiy samaradorlikka erisha olgan bo’lamiz.

##submissions.published##

2026-09-25