MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI SHAROITIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH TIZIMI

Mualliflar

  • Yarashev Bobomurod Chalgashevich ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit sо‘zlar: mustaqillik, jamoat xavfsizligi, jamoat tartibi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ijtimoiy tahdid, xavfsiz muhit, mahalla, profilaktika inspektori, raqamlashtirish, fuqarolar huquqlari, qonuniylik.

Annotatsiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimining shakllanishi va rivojlanishi, uning konstitusiyaviy-huquqiy asoslari hamda zamonaviy taraqqiyot bosqichidagi ustuvor yо‘nalishlari tahlil qilingan. Jamoat xavfsizligi tushunchasi inson huquq va erkinliklari, tinchlik va osoyishtalik, qonuniylik, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va xavfsiz ijtimoiy muhitni shakllantirish bilan uzviy bog‘liq ekani asoslangan. О‘zbekistonda mustaqillik yillarida davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilgan islohotlar jamoat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy tizimini shakllantirish uchun huquqiy va institusional asos yaratgani kо‘rsatilgan. Shuningdek, ijtimoiy tahdidlarni barvaqt aniqlash, mahalla darajasida profilaktik ishlarni kuchaytirish, raqamli texnologiyalardan foydalanish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini rivojlantirish masalalari yoritilgan.

##submissions.published##

2026-08-13