YAQIN SHARQDA QUROLLANISH VA XAVFSIZLIK MASALASI
##semicolon##
Kalit so‘zlar: Yaqin Sharq, mintaqaviy xavfsizlik, qurollanish, qurollanish poygasi, harbiy salohiyat, xavfsizlik muhiti, strategik raqobat, siyosiy beqarorlik.##common.commaListSeparator## Keywords: Middle East, regional security, armament, arms race, military capabilities, security environment, strategic competition, political instability.Annotatsiya
Annotatsiya. Mazkur maqolada Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash va unga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri sifatida qurollanish jarayonining o‘rni tahlil qilinadi. Mintaqadagi qurollanish darajasining oshishi davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchsizlik, mavjud siyosiy va harbiy qarama-qarshiliklar hamda xavfsizlik muhitining beqarorligi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda qurollanishning mintaqadagi nizolarning bevosita sababi bo‘lishi bilan bir qatorda, uning oqibatlari natijasida shakllanadigan keskin va beqaror muhit siyosiy qaror qabul qiluvchilarning xavfsizlik haqidagi tasavvurlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Shuningdek, qurollanish poygasi, harbiy salohiyatning ortishi va davlatlar o‘rtasidagi strategik raqobatning Yaqin Sharqdagi xavfsizlik tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada mintaqadagi xavfsizlik muammolarini tushuntirishda qurollanish omilining ahamiyati asoslab beriladi.
Abstract. This article analyzes the role of arms buildup as one of the key factors affecting security in the Middle East. The growing level of armament in the region is examined in relation to mutual distrust among states, existing political and military confrontations, and the instability of the regional security environment. The study highlights that, although arms buildup is not always the direct cause of conflicts in the region, the tense and unstable environment created by its consequences influences the perceptions and decision-making processes of political leaders. The article also examines the impact of the arms race, the expansion of military capabilities, and strategic competition among states on the regional security system of the Middle East. The study emphasizes the significance of the armament factor in explaining the major security challenges facing the region.