YOSHLAR DUNYOQARASHIDA MAFKURAVIY BARQARORLIKNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI
##semicolon##
Kalit so‘zlar: yoshlar, ijtimoiy ong, mafkuraviy barqarorlik, falsafiy tafakkur, qadriyatlar, milliy o‘zlik, tanqidiy fikrlash, media savodxonlik, fuqarolik mas’uliyati, ma’naviy immunitet.##common.commaListSeparator## Keywords: youth, social consciousness, ideological resilience, philosophical thinking, values, identity, critical thinking, media literacy, civic responsibility, moral resilience.Annotatsiya
Maqolada yoshlar ijtimoiy ongida mafkuraviy barqarorlikni shakllantirishning falsafiy asoslari, mazkur jarayonning mazmuni va ijtimoiy omillari tahlil qilinadi. Mafkuraviy barqarorlik tayyor qarashlarni o‘zlashtirish bilangina cheklanmasdan, shaxsning mustaqil fikrlashi, dalillarni tanqidiy baholashi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglab qabul qilishi hamda turli axborot ta’sirlari sharoitida mas’uliyatli qaror qabul qila olishi bilan izohlanadi. Maqolada qadriyatlar falsafasi, ijtimoiy falsafa, ma’naviyat, fuqarolik mas’uliyati va media savodxonlik o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib beriladi. Tadqiqot nazariy-tahliliy yondashuvga asoslanib, tizimli, qiyosiy, mantiqiy va aksiologik tahlil usullaridan foydalanadi. Yakunda ta’lim, oila, mahalla, ommaviy axborot vositalari va yoshlar tashkilotlari hamkorligiga tayangan amaliy takliflar ilgari suriladi.
The article examines the philosophical foundations of developing ideological resilience in young people’s social consciousness. Ideological resilience is interpreted not as the uncritical acceptance of prescribed views, but as the ability to think independently, assess evidence critically, understand national and universal values, and make responsible decisions amid diverse information influences. The paper explores links between social philosophy, axiology, civic responsibility, moral development and media literacy. The study employs theoretical analysis, systems thinking, comparison, logical reasoning and an axiological approach. It concludes with practical recommendations for coordinated action by educational institutions, families, communities, media and youth organisations.